“Uzcolor” kompaniyasi 2017-yildan boshlab faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi kompaniyalardan biri hisoblanadi. Kompaniya lak-bo’yoq va qurilish mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bo’lib, bugungi kunda mahsulotlarini “Uzcolor”, “W-TECH” va “TEKMAN” brendlari ostida ishlab chiqaradi. Ushbu davr mobaynida kompaniya o’z faoliyatini kengaytirib bormoqda va bugungi kunda lak-bo’yoq mahsulotlari, suv dispersli va dekorativ fasad bo’yoqlari, tez quriydigan bo’yoqlar, yelimlar, ichki va tashqi bezak uchun materiallar, yog’och va metal uchun himoya qoplamalari, bo’yash uchun asbob-uskuna va shu kabi boshqa mahsulotlar kompaniya tomonidan ishlab chiqarilmoqda.
